Astronavtlar Oyga uchishda kiyadigan skafandrlar namoyish etildi. Ularni Prada dizaynerlari ishlab chiqqan

Fan-texnika 16:11 / 17.10.2024 1418

Milandagi Xalqaro astronavtika kongressida Prada modalar uyi va Axiom Space xususiy kosmik kompaniyasi Oyga qo‘nish paytida foydalaniladigan skafandrni ilk bor namoyish etdi.

Innovatsion materiallardan tayyorlangan skafandrlar Oyning yorug‘ janubiy qutbidagi o‘ta yuqori haroratga ham, doim soyada qoladigan hududlaridagi sovuq haroratga ham dosh bera oladi.

Ochiq kosmosda astronavtlar ushbu skafandrlar ichida kamida sakkiz soat yurishi mumkin.

NASA tomonidan amalga oshirilishi kutilayotgan Artemis III missiyasi doirasida 1972 yildan buyon birinchi marta odamlarni Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Qo‘nish 2026 yil kuziga mo‘ljallangan. Undan bir yil oldin esa Artemis II tayyorgarlik missiyasi o‘tkaziladi, bu paytda astronavtlar Yerning tabiiy yo‘ldoshi atrofini aylanib chiqadi.

Avvalroq NASAning Europa Clipper kosmik apparati Yupiterning tabiiy yo‘ldoshi Yevropani tadqiq etish uchun parvozga tayyorlanayotgani haqida xabar berilgandi. U Yupiterga 5,5 yilda yetib boradi va Yevropa yuzasidan 25 kilometr uzoqlikdan o‘tadi — bu boshqa har qanday kosmik apparatdan sezilarli darajada yaqin demak.

Ko‘proq yangiliklar: