Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev transport sohasidagi xizmatlarni yaxshilash bo‘yicha topshiriq berdi.
Qayd qilinishicha, buning uchun 1 mingta yangi avtobus xarid qilinadi.
Transport boshqarmasi aholining fikrini o‘rgangan holda, barcha shahar va tumanlardan viloyat ma’muriy markazi Nurafshon shahri va poytaxtga yangi qatnov yo‘nalishlarini ishga tushiradi.
Ta’kidlanishicha, tashkil etilayotgan jamoat transport yo‘nalishlarining markazida Nurafshon shahri turishi lozimligi alohida qayd etilgan.