Rossiya chet elliklarga beriladigan yashash uchun ruxsatnoma miqdorini keskin qisqartirdi

Jahon 22:38 / 16.10.2024 3980

Rossiya hukumati 2025 yilda chet elliklarning vaqtinchalik yashashi uchun mo‘ljallangan kvotani tasdiqladi. TASS xabariga ko‘ra, kelasi yilda 5500 ta yashash uchun ruxsatnoma beriladi, bu joriy yildagidan (10 595 ta) deyarli ikki baravar kam.

Ruxsatnomalar miqdori Rossiya hududlarining talabnomasiga ko‘ra shakllantiriladi va taqsimlanadi. Odatdagidek, Moskva eng ko‘p ruxsatnomani oladi: kelgusi yilda ularning soni 1 mingtani tashkil qiladi (bu yilgi 1,5 mingtaga nisbatan). Moskva viloyati yana 350 ta oladi. Sankt-Peterburg - 200 ta, Tatariston va Boshqirdiston - har biri 100 tadan.

Kvota hajmi so‘nggi besh yil ichida qisqarib bormoqda. 2021 yilda xorijliklarga 39 mingta vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma berilgan edi. Ichki ishlar vazirligi ba’zi hududlar kvotani to‘liq ishlatmaganini ta’kidlamoqda: shu tariqa, departament ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda belgilangan miqdorning atigi 20,4 foizi sarflangan.

Ko‘proq yangiliklar: