Belgiya O‘zbekistonda qimmatbaho toshlarni baholash ekspertlarini tayyorlaydi
Istanbuldagi Bosh konsulxona ko‘magida dunyoning yetakchi zargarlik buyumlarini ekspertiza qilish va xalqaro sertifikatlash kompaniyalaridan biri – Belgiyaning HRD ANTWERP korxonasi vakillari hamda O‘zbekiston kompaniyalari rahbarlari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Foto: "Dunyo" AA
Uchrashuvda mamlakatda ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlarini Yevropa va Osiyo bozorlariga eksport qilish salohiyatini oshirish, zargarlik sohasini yanada rivojlantirish hamda raqobatbardosh qimmatbaho buyumlarini ishlab chiqarish maqsadida HRD ANTWERP laboratoriyasining vakolatxonasini O‘zbekistonda ochish masalasi muhokama qilindi.
Bu nafaqat O‘zbekistonning zargarlik salohiyatini oshirish, balki Markaziy Osiyo va MDH hududida yagona bo‘lgan qimmatbaho toshlar va zargarlik buyumlarini dunyo standartlariga ko‘ra baholash hamda sertifikatlash imkonini beradi.
Muzokaralar yakunida xorij tomoni respublikada ishlab chiqarilgan qimmatbaho toshlar va zargarlik buyumlarini xalqaro sertifikatlash va baholash ekspertlarini O‘zbekistonda tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid

00:31 / 27.02.2025
Xitoylik hakerlar Belgiya maxsus xizmatlari ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan - OAV

23:07 / 30.01.2025
Belgiya texnik nosozlik sabab o‘z havo hududini yopdi

16:19 / 27.01.2025
O‘zbekiston va Belgiya OTM o‘rtasida almashinuv dasturlari amalga oshiriladi

00:24 / 10.01.2025