Farg‘onada kredit ajratish evaziga fermerdan pul olgan bank filiali menejeri aniqlandi

O‘zbekiston 10:40 / 13.10.2024 3413

 

Farg‘ona viloyatida kredit ajratish evaziga fermerdan pul olgan bank filiali menejeri aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Dang‘ara tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, hududiy tijorat banki filiali menejeri I.Sh. muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan fuqaro M.O. bilan o‘zaro til biriktirgan.

So‘ng ular “G‘.K.” fermerga qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotib olish uchun kredit ajratib berishlari evaziga 500 dollar va 23,5 mln so‘m pulini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan va shundan 20,9 mln so‘mni qaytargan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: