Yer aholisi bir yil ichida qariyb 82 mln kishiga ko‘paydi

Jahon 20:49 / 30.12.2024 2494

Germaniya Dunyo aholisi jamg‘armasining (DSW) qayd etishicha, aholining o‘sishi birinchi navbatda Afrikada kuzatilgan. Ekspertlarning hisoblashicha, yaqin 20 yil ichida ushbu qit’ada yashovchi aholi soni ikki barobardan oshiqqa ko‘payishi mumkin.

DSW’ning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvar kuni dunyoda 8 milliard 156 million kishi yashayotgan bo‘ladi. Shu bilan birga, Germaniya aholisi deyarli o‘zgarmagan va hozirda salkam 84 million kishini tashkil etmoqda.

BMTning ma’lum qilishicha, 2037 yilga borib sayyoradagi aholi soni 9 milliardga yetadi.

Yer aholisi 2022 yil noyabrda 8 milliardga yetgan edi. 8 milliardlik ko‘rsatkichga yetishda asosiy o‘sish Osiyo hisobiga to‘g‘ri kelgan, shu bilan birga, Hindiston mazkur o‘sishga «katta hissa qo‘shgan».

Ma’lumot uchun, 2024 yil dekabriga kelib Markaziy Osiyo aholisi 80 million kishidan oshgan. So‘nggi 24 yil ichida hududda aholi soni qariyb 1,5 barobar ko‘paygan.

Ko‘proq yangiliklar: