Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston 18:40 / 12.10.2024 6737

Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yig‘ilishida tashkiliy masala ko‘rildi.

Xabarga ko‘ra, Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga polkovnik Aziz Sadirov tayinlandi. 

Yig‘ilishda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i polkovnik Sherzod Ibragimov, viloyat IIBB boshlig‘i general-mayor Tohir Aripov hamda shaxsiy tarkib ishtirok etdi.

Qayd qilinishicha, Toshkent shahrini viloyatlar bilan bog‘lovchi yo‘llar Toshkent viloyati hududidan o‘tishi, mazkur yo‘llarda transport vositalarining serqatnovligini inobatga olgan holda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish lozimligi ta’kidlanib, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida viloyat avtomobil yo‘llarida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari yuzasidan tanqidiy tarzda so‘z yuritilgan.

Ko‘proq yangiliklar: