Ilan Shorning kompaniyalar tarmog‘i RFga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun ishlayapti - Rise Moldova

Jahon 09:22 / 12.10.2024 1826

Moldovalik oligarx Ilan Shor Rossiyaga qochib ketganidan so‘ng, Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi tajovuzkor urushi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasiga qarshi joriy etilgan sanksiyalarni chetlab o‘tish bilan shug‘ullanuvchi to‘rtta kompaniyadan iborat tarmoqni yaratdi, deyiladi 11 oktyabr, juma kuni chop etilgan «Rise Moldova» nashri surishtiruvida. Ushbu firmalar, sanksiyalar cheklovlariga qaramay, Rossiya biznesiga xalqaro bozorlarda bo‘lish imkonini beradi, to‘lovlarni amalga oshirish, kreditlar olish va to‘lov tizimini boshqarish xizmatlarini taqdim etadi, deyiladi surishtiruvda

Shor shirkatlarining eng muhimi A7 bo‘lib, uning asosiy ulushiga egalik qiladi va 49 foizi G‘arb sanksiyalari ostida qolgan Rossiyaning «Promsvyazbank»iga tegishli. «Ushbu Rossiya banki Moldova oligarxi tomonidan saylovchilarga kelasi hafta referendumga «yo‘q» deyish va nomi Telegram ilovasi orqali Moskvadan yuboriladigan nomzodga ovoz berish uchun foydalanilmoqda», deb yozadi «Rise Moldova» surishtiruvchilari. Avvalroq ma’lum bo‘lishicha, birgina sentabr oyining o‘zida «Promsvyazbank» orqali 130 ming moldovalikning hisob raqamlariga 15 million dollar (taxminan 13,5 million yevro) o‘tkazilgan, ular mamlakatning Yevropa yo‘liga qarshi ovoz berishi rejalashtirilgan.

Moldova RFni Yevroittifoq bo‘yicha referendum ishtirokchilariga pora berganlikda aybladi

Rossiya rossiyaparast oligarx Ilan Shorning «mafiya» tarmog‘i orqali Moldovaning 130 ming fuqarosi hisobiga bo‘lajak referendumda ular mamlakatning Yevropa Ittifoqiga kirishiga qarshi ovoz berishlari uchun 15 million dollardan ortiq mablag‘ o‘tkazdi. Bu haqda 3 oktyabr kuni Politico nashri Moldova politsiyasi bosh inspeksiyasi rahbari Viorel Cernautianaga tayanib xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Moldova gibrid urush va dezinformatsiya bilan birgalikda saylovchilarning misli ko‘rilmagan sotib olinishiga duch kelmoqda». Aniqlik kiritilishicha, birgina sentabr oyida mamlakat fuqarolariga 15 million dollar o‘tkazilgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda taqiqlangan xuddi shu nomdagi rossiyaparast partiya asoschisi Ilan Shor (aprel oyida u Moskvada Moldova partiyalarining rossiyaparast «G‘alaba» blokini tuzgan va uning raisi bo‘lgan) saylovchilarga pora berish uchun mo‘ljallangan mablag‘larni banklar tarmog‘i orqali yuvishga yordam bergan.

Moldovada Shor bank firibgarligi uchun sirtdan 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

«Moldova: aktualno» nashri Ilan Shor ishtirok etgan sxema tafsilotlarini e’lon qildi. O‘tkazmalar Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi tomonidan nazorat qilinadigan «Yevraziya» avtonom notijorat tashkiloti va Promsvyazbank orqali amalga oshirildi. Pulni olgan hududiy koordinatorlar uni «beqarorlashtiruvchi harakatlar» uyushtirish uchun o‘z tarafdorlariga topshirgan.

Ko‘proq yangiliklar: