RF rasmiylari teleboshlovchi Tatyana Lazarevani xalqaro qidiruvga berdi

Jahon 13:39 / 12.10.2024 3264

Teleboshlovchi Tatyana Lazareva «terrorizmni oqlash» ishi bo‘yicha xalqaro qidiruvga berildi, deb xabar qildi Rossiya matbuoti 11 oktyabr, juma kuni sud hujjatlariga tayanib. Ulardan ma’lum bo‘lishicha, Lazareva 3 iyuldan beri qidiruvda. Avvalroq xorijda yashovchi teleboshlovchi 10 iyul kuni Moskvaning Zamoskvoretskiy sudi tomonidan sirtdan hibsga olingani xabar qilingandi.

Tatyana Lazarevaga qarshi jinoiy ish Davlat dumasi deputati Andrey Alshevskixning «Ukraina uchuvchisiz uchish apparatlarining Rossiya Federatsiyasi hududidagi nishonlarga hujumlari haqidagi bayonotlari» munosabati bilan bergan arizasi ortidan ochilgan. «Bu dahshatli, lekin men xursandman», dedi Lazareva 2023 yil avgust oyida YouTube'dagi «I gryanul Grem» kanaliga bergan intervyusida.

Tatyana Lazareva Ispaniyada

2022 yil iyul oyi o‘rtalarida Rossiya Adliya vazirligi muxolifatchi siyosatchi Ilya Yashin, blogerlar Maksim Kats va Veronika Belotserkovskaya, teleboshlovchi Tatyana Lazareva va Korrupsiyaga qarshi kurash fondining (KKF) sobiq xodimi, Aleksey Navalniyning safdoshi Ruslan Shaveddinovni «jismoniy shaxslar - chet el agentlari» ro‘yxatiga kiritgandi. 

Mamlakat Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ularning besh nafari ham siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanadi va Ukrainadan mablag‘ oladi.

Ruslan Shaveddinov o‘zining reyestrga kiritilishini 22 iyul kuni nishonlagan tug‘ilgan kuniga «sovg‘a» deb atagan. 

Maksim Kats hozirda Rossiyadan tashqarida. Tatyana Lazareva Ispaniyada. 

Ruslan Shaveddinov aprel oyida RF IIV tomonidan qidiruvga berilgan, u ham Rossiyani tark etgan.

Ko‘proq yangiliklar: