"To‘rt faslning har birida sayohat" turistik mavsumlarini ochish doirasida "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!" ichki turistik yarmarkasi tashkil etiladi.
Ichki turistik yarmarka 2024 yilda Toshkent shahrida Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, 2025 yildan boshlab esa - respublika hududlarida unda ishtirok etayotgan tadbirkorlik sub’yektlari mablag‘lari, shuningdek mahalliy budjetlar va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan o‘tkaziladi.
Hujjatda turizm sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida har yili quyidagilar tashkil etilishi nazarda tutilgan:
● mart va avgust oylarida - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida B2B ("biznes biznes uchun") va B2C ("biznes iste’molchi uchun") mexanizmlari asosida mintaqaviy ichki turistik yarmarkalar;
● dekabr oyida - B2B doirasida milliy turistik yarmarka tashkil etiladi.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
● "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!" ichki turizm yarmarkasini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
● 2025 yilda ichki turistik yarmarkalarni o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar rejasi.