Ayrim shaxslarga O‘zbekiston hududiga kirish rad etilishi mumkin

O‘zbekiston 07:52 / 12.10.2024 6658

Prezident tomonidan «Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun imzolandi.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, O‘zbekiston davlat chegarasini yorib o‘tish yo‘li bilan belgilangan tartibni buzib chet elga chiqish yoki O‘zbekistonga kirish yoxud chegaradan o‘tish jinoyat tarkibini tashkil etadi.

Jinoyat protsessual kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarda, tergovga qadar tekshiruvni o‘tkazuvchi, shuningdek ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish vakolatiga ega sub’yekt DXXning Chegara qo‘shinlari ekanligi to‘g‘risida aniqlik kiritilmoqda (ilgari chegarani qo‘riqlash organlari, chegara qo‘shinlari ko‘rsatilgan).

Shu kabi aniqliklar quyidagi qonunlarga kiritilmoqda:

  • «Temiryo‘l transporti to‘g‘risida»
  • «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»;
  • «To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida»;
  • Bojxona kodeksi.

Bundan tashqari, endilikda boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘zi haqida bila turib soxta ma’lumotlar bergan bo‘lsa, qalbaki hujjatlarni taqdim etgan bo‘lsa yoki zarur hujjatlarni taqdim etmagan bo‘lsa yoxud biometrik ma’lumotlarni topshirishni rad etayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston hududiga kirish rad etilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: