Xitoyning changyutgich-robotlari to‘satdan o‘z egalarini quvib, so‘kinishni boshladi

Fan-texnika 20:48 / 11.10.2024 5144

Xitoyning Ecovacs brendi changyutgich-robotlari uy egalari va uy hayvonlarini quvib, odobsiz so‘zlarni ishlatib, irqchilikka oid haqoratlarni yog‘dira boshladi. Bunday hodisa bir vaqtning o‘zida bir nechta shaharlarda yuz berdi, deb yozdi ABC News.

Taxminlarga ko‘ra, bu changyutgichlarning xavfsizlik tizimidagi zaiflikni aniqlagan va ularga masofadan ulangan hakerlar tomonidan amalga oshirilgan. Changyutgichlarda mikrofon va kamera bor, shuning uchun odamlarni kuzatishi va xabar yo‘llashi mumkin edi.

Foydalanuvchilardan birining aytishicha, changyutgich-robot to‘satdan radio signaliga o‘xshash g‘alati tovushlarni chiqara boshlagan. Mobil ilovada u kimdir changyutgich kamerasi va masofadan boshqarish pulti funksiyalariga kirganini payqagan. Erkak parolni o‘zgartirib, robotni qayta ishga tushirgan. Ammo bir oz vaqt o‘tgach, changyutgich yana harakatlana boshlagan va karnayidan haqoratli qichqiriqlar yangragan.

Ma’lum bo‘lishicha, qayta ishga tushirish va parolni o‘zgartirish yordam bermagan. Robotlar to‘liq o‘chirilganda yoki Internetga ulanmasdan zavod sozlamalariga qaytarilgandagina jim bo‘lib qolgan.

Ecovacs bu muammolardan allaqachon xabardorligini ta’kidlab, yaqin kelajakda xavfsizlik «yamog‘ini» chiqarishni va’da bermoqda. Kompaniyaning ta’kidlashicha, hakerlar quroliga aylangan zaiflik faqat Deebot X2 modellarida mavjud.

Ko‘proq yangiliklar: