Unda Bosh prokuratura uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Harbiy va Transport prokuraturasi, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning mas’ul xodimlari ishtirok etgan.
Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja, "AIM Laboratory" MChJ rahbari Hikmatilla Ubaydullayev, "XCDM" MChJ rahbari Samandar Tursunaliyev, texnobloger Sa’dulla Abdullayev qatnashgan.
Ular tizimda sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish va keng qo‘llash, raqamli ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini, ularning yuqori sifatini ta’minlash, ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida fikr bildirib, turli ma’lumotlar bergan.