Ilon Maskning taksi-robotlari sarmoyadorlarda taassurot qoldirmadi

Fan-texnika 23:18 / 11.10.2024 3075

Ilon Mask Tesla sarmoyadorlariga Cybercab va Robovan taksi-robotlarini namoyish qildi. Biroq, ular sarmoyadorlarni hayratda qoldirmadi, deb xabar berdi BBC.

Cybercab tegishli idoralardan ruxsat olingan taqdirda 2027 yildan boshlab ishlab chiqariladi va qiymati 30 ming dollardan past bo‘ladi. Maskning va’da qilishicha, ikkala mashina ham «odam tomonidan boshqariladigan mashinalardan o‘n barobar xavfsizroq» va ularni ilova yordamida boshqarish mumkin.

Biroq, Financial Times yozganidek, ko‘rsatilgan modellar sarmoyadorlarni hayratda qoldirmadi. Buning sababi shundaki, Mask avtomobillar konseptini ko‘rsatdi, ularning chiqarilishi uzoq muddat masalasidir. Shu bilan birga, u kompaniyani rivojlantirish bo‘yicha qisqa strategiya to‘g‘risida izoh bermadi, garchi joriy mahsulot liniyasi sezilarli darajada eskirgan bo‘lsa-da. Mask taksi-robotni amerikaliklarga 2014 yilda va’da bergan va 3 yildan keyin ishlab chiqarilishini aytgan edi.

2024 yil aprel oyida Tesla barcha CyberTruck elektromobillarini gaz pedali yopishib qolishi sababli qaytarib oldi. Ta’kidlanishicha, bu Ilon Mask elektromobilining yagona muammosi emas: uning kuzovi zanglamaydigan po‘latdan yasalgan, ammo baribir zanglamoqda, rul chambaragi ham ba’zan ishlamayapti.

Ko‘proq yangiliklar: