Rossiyada Discord messenjeri bloklandi

Jahon 13:59 / 09.10.2024 1494

Roskomnadzor geymerlar orasida mashhur bo‘lgan Discord ijtimoiy media platformasini blokladi. Qaror Rossiya qonunchiligining buzilishi bilan bog‘liq, deb xabar qildi TASS va RIA Novosti 8 oktyabr, seshanba kuni.

Qonun talablariga rioya qilish «messenjerdan terroristik va ekstremistik maqsadlarda foydalanish, ularni sodir etishga fuqarolarni jalb qilish, noqonuniy ma’lumotlar joylashtirilishi munosabati bilan giyohvand moddalarni sotishning oldini olish uchun zarur», — deyiladi idora matbuot xizmati xabarida. 

Messenjer ma’muriyati Roskomnadzor talablariga rioya qilmadi

Shu bilan birga, ma’lum qilinishicha, avvalroq RKN Discord ma’muriyatiga idora noqonuniy deb hisoblagan 947 ta materialni olib tashlash bo‘yicha so‘rov yuborgan. Biroq, bunday materiallar bir nechta sahifalarda o‘chirilmadi.

«Bundan tashqari, 2023 yilda sud noqonuniy ma’lumotlarni o‘chirmagani uchun kompaniyaga 6 million rubl miqdorida jarima soldi — messenjer sud qarorini e’tiborsiz qoldirdi», — deya xabar beradi Roskomnadzor.

8 oktyabr kuni ertalab Rossiyada Discord messenjeri ishida uzilishlar haqida xabar berilgan. Avvalroq Rossiya Federatsiyasida boshqa messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar, jumladan WhatsApp va Telegram ishida nosozliklar bir necha bor qayd etilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: