Serbiya davlati qurilish sohasida ishlovchi o‘zbekistonliklarni ishga taklif etmoqda, deya xabar berdi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.
Nomzodlar soha bo‘yicha 3 yildan 5 yilgacha ish tajribasi bo‘lishi, ingliz yoki rus tillarida erkin muloqot qilishi (ingliz tiliga ustunlik beriladi) va 50 yoshgacha bo‘lishi kerak.
Ish haqi 700−800 yevroni (netto) tashkil qiladi. Haftada 6 ish kun bo‘lib, ishlovchilar bepul yashash joyi va tibbiy sug‘urta bilan ta’minlanadi. Viza rasmiylashtirish uchun to‘liq yordam beriladi.