Kambag‘allikni qisqartirish vazirligida "loyiha menejerlari" guruhi tashkil etiladi

O‘zbekiston 12:22 / 09.10.2024 1484

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida yuqori natijalarga erishgan va ijobiy ish tajribasiga ega 50 nafar hokim yordamchisidan iborat "loyiha menejerlari" guruhi tashkil etiladi.
 
Ishsiz va kambag‘al fuqarolarni ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos keladigan ishchi kasblarga o‘qitish tizimini yaratish maqsadida Kasbiy ko‘nikmalar markazlari tashkil etiladi.

Xodimlarning mehnat huquqlarini kafolatlash va ularning mehnatini muhofaza qilishni ta’minlash maqsadida:

  • 2025 yil 1 yanvardan boshlab xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnatni muhofaza qilishni kuchaytirish, ish beruvchilar va xodimlar o‘rtasidagi muvozanatli mehnat munosabatlarini yanada qo‘llab-quvvatlash, mehnat nizolarini videokonferensaloqa shaklida mediatsiya usuli bilan hal etish tizimi joriy etiladi;
  • 2025 yil 1 martdan boshlab, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha tashkilotlarda xodimlarning mehnat huquqlarini ta’minlash va mehnatni muhofaza qilish holati onlayn-reyting asosida baholanadi;
  • 2026 yil 1 yanvarga qadar ish joyida baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari xavfining oldini olish, xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash maqsadida mehnat xavfsizligi va gigiyenasi standartlari ishlab chiqiladi.

2024 yil 1 noyabrdan boshlab Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan tekshiruv boshlangan paytdan boshlab Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor qilgan holda mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlar o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: