Hujjat bilan Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanmoqda
Bosh vazir Davlat komissiyasi raisi hisoblanadi. Davlat komissiyasini muvofiqlashtiruvchi organi – Prezident Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi.
Davlat komissiyasi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qaror qabul qilishda vakolatli hisoblanadi:
- yangi paydo bo‘layotgan giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi va suiiste’molining barvaqt oldini olish maqsadida vaqtinchalik taqiq yoki cheklov (moratoriy) joriy etish;
- zarur hollarda giyohvandlik vositalari muomalasi ustidan nazoratni ta’minlash va hududlarda narkovaziyatni sog‘lomlashtirish bo‘yicha qisqa muddatli dasturlarni tasdiqlash;
- mutasaddi davlat organlari va tashkilotlari hamda hududiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
- giyohvandlik vositalari muomalasiga oid ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab- quvvatlash;
- giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish borasidagi vazifa va topshiriqlar ijrosini ta’minlashda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan davlat organlari va tashkilotlar rahbarlariga nisbatan tegishli chora ko‘rish.
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha hududiy komissiya to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlanmoqda. Hududiy komissiyalarda tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari raislik qiladi.