Amerikadagi dovul tufayli “Ramshtayn” formatidagi muzokaralar bekor qilindi

Jahon 21:50 / 09.10.2024 3046

10-13 oktyabr kunlari Germaniyada o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Ukraina bo‘yicha “Ramshtayn” sammiti qoldirildi.

“Radio Svoboda” xabariga ko‘ra, sammit Floridaga yaqinlashib kelayotgan “Milton” to‘foni sabab AQSh prezidenti Jo Bayden ishtirok eta olmagani uchun boshqa sanaga qoldirilgan.

Sammitga 20 ga yaqin davlat yoki ularning hukumatlari yetakchilari kelishi va unda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘zining “g‘alaba rejasi”ni taqdim etishi rejalashtirilgan edi. Shuningdek, Ukrainaga navbatdagi harbiy yordam paketini ajratish muhokama qilinishi lozim edi.

Avvalroq, Jo Bayden “Milton” to‘foniga tayyorgarlik ko‘rish va unga javob berishni nazorat qilish uchun” sammitga borishdan bosh tortgan edi. Bu Amerika prezidentining qirq yil ichida Germaniyaga birinchi davlat tashrifi bo‘lishi kerak edi.

Meksika ko‘rfazidan Florida qirg‘oqlariga yaqinlashib kelayotgan “Milton” to‘foni Saffir-Simpson shkalasi bo‘yicha beshinchi, maksimal toifaga ega bo‘ladi. Bu shuni anglatadiki, shamol tezligi soatiga 250 km dan oshadi, bu esa katta miqyosda vayronagarchilik, hududlarning izolyatsiyasiga olib keladi. Zararlangan hududda bir necha oy davomida avvalgi hayotga qaytish imkoni bo‘lmaydi.

Hozir shtatda evakuatsiya ishlari olib borilmoqda, reyslar bekor qilinmoqda, yoqilg‘i yetkazib berish to‘xtatilmoqda. Dovul Floridaga chorshanba kuni kechqurun yetib borishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: