Yangiyo‘lda qariyb 275 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi

Jamiyat 09:09 / 08.10.2024 1458

Toshkent viloyatida tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi. 

“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, Yangiyo‘l tumanida faoliyat yuritayotgan “L.N.G.” MChJga qarashli g‘isht ishlab chiqarish sexi elektr qurilmalarini tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Natijada dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 274,9 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Ko‘proq yangiliklar: