Muloqot chog‘ida ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, Ummonning logistika kompaniyalari va portlari bilan aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Xamis al-Shamaxi joriy yilning 1-3 iyul kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifini esga oldi va mamlakat bilan barcha sohalarda aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi.
U, shuningdek, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha barcha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi.