Turkiyada tanasiga oltin yashirib o‘tmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi

Jahon 18:26 / 08.10.2024 12995

Turkiyaning Izmir shahri aeroportida olib borilgan operatsiya chog‘ida o‘zbek millatiga mansub 6 nafar yo‘lovchi ayol va ularni kutib olishga kelgan shaxslar tintuv qilindi. Natijada, ularning yonida 166 ta quyma oltin va 18 ta o‘yin konsoli borligi aniqlandi. Kontrabandaga aloqador 7 nafar shaxs qamoqqa olindi, deb xabar berdi Airline Haber.

Qayd qilinishicha, 2 oktyabr kuni o‘tkazilgan operatsiya davomida shubhali ayol yo‘lovchilar va ularni kutib olishga chiqqan ikki mashina aeroport darvozasida politsiya tomonidan to‘xtatildi. Dastlabki tintuvlar chog‘ida har biri 110 gramm bo‘lgan 82 dona quyma oltin, 18 dona o‘yin konsoli va 3 dona smartfon olib qo‘yildi.

Sud qarori bilan tana tekshirilganda, ayollarning jinsiy a’zolariga yashirilgan va har biri 110 gramm og‘irlikda bo‘lgan yana 84 ta oltin quymasi borligi aniqlandi. Ular jarrohlik yo‘li bilan olib tashlandi. Jami 166 ta oltin quymaning umumiy og‘irligi 18 kilogramm 500 gramm, bozor qiymati esa taxminan 55 million turk lirasi (≈20,5 mlrd so‘m) ekani e’lon qilindi.

Operatsiya chog‘ida 6 nafar yo‘lovchi ayol va ularga yordam bergan gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Sud ularni hibsga olish haqida hukm chiqardi.

Ko‘proq yangiliklar: