Tadqiqot: Android foydalanuvchilarining yarmi iPhone egalari tomonidan masxaraga duch kelgan

Jamiyat 19:02 / 08.10.2024 2840

All About Cookies kompaniyasi mutaxassislari tadqiqot o‘tkazdi va Android smartfonidan foydalanuvchilar ishqiy munosabatlarda qiyinchilikka duch kelishi mumkinligini aniqladi.

Tadqiqotchilar 18 yoshdan oshgan 1000 nafar amerikalik orasida so‘rov o‘tkazdi. Ma’lum bo‘lishicha, iPhone foydalanuvchilarining taxminan 22 foizi Android qurilmalari egalariga past nazar bilan qaraydi va deyarli 23 foizi bunday odamlar bilan hech qachon uchrashmaydi. Erkaklarning 31 foizi va ayollarning 16 foizi Android foydalanuvchisi bilan ishqiy munosabat boshlashni istamasligini bildirgan.

So‘rov natijalariga ko‘ra, Android smartfonlarini afzal ko‘rganlarning 52 foizi o‘z qurilmalari uchun masxaraga, 36 foizi esa jiddiy qoralashlarga duchor bo‘lgan. Ularning 26 foiziga yaqini smartfonidan xijolat bo‘lganini tan oldi, 30 foizi esa masxaraga duch kelmaslik uchun iPhone smartfoni olish haqida o‘ylamoqda.

So‘rovda qatnashganlarning 99 foizi iOS yoki Android telefoniga ega edi. Tadqiqot ishtirokchilarining qariyb 42 foizi masxaraga duch kelmaslik uchun, do‘stlari bilan muloqot qilishda WhatsApp kabi o‘zga kompaniya ilovalaridan foydalanishga majbur ekanini tan olgan.

Ko‘proq yangiliklar: