Baxtiyor Saidov Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH yig‘ilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston 11:51 / 08.10.2024 2436

"Bugun Moskva shahrida Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va turkmanistonlik hamkasblarimiz bilan birgalikda MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishini o‘tkazdik", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. 

MDH sammitiga yakuniy tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi. 

"Hamdo‘stlikning barcha mamlakatlari bir-birini birlashtiruvchi mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladigan uzoq yillik tarixiy aloqalarga ega. Shunday bo‘lsa-da, barcha sohalarda, ayniqsa, iqtisodiy hamkorlikni oshirishda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish uchun keng imkoniyatlarni ko‘rib turibmiz", deydi Baxtiyor Saidov. 

Transport bog‘liqligini mustahkamlash, savdo uchun eng qulay muhitni yaratish, dunyo bo‘ylab kuchayib borayotgan mojarolarni hal qilish, tinchlik va farovonlik uchun kuchlarni birlashtirish hamda mintaqaviy va global miqyosdagi dolzarb masalalar e’tibor markazida bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: