Jamoa bu safar ham ochko yo‘qotmasdan, xuddi o‘tgan yilgidek 100 foizlik ko‘rsatkich qayd etdi. Ochkolar soni — 72. To‘plar nisbati — 119:17.
Eslatib o‘tamiz, Arkadag shahri va klubi Turkmanistonning ikkinchi prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov sharafiga tashkil etilgan. Bu so‘z sobiq davlat rahbarining rasmiy nomi bo‘lib, «qo‘rg‘on, tayanch va umid» degan ma’nolarni anglatadi.
«Arkadag» klubi 2023 yil bahorida tashkil etilgan va dastlabki yildayoq 24 o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, Turkmaniston chempioni bo‘lgandi. O‘tgan mavsum boshlanishidan oldin jamoa liganing eng yaxshi futbolchilari bilan shartnoma imzolagan. O‘shanda klub kerakli futbolchilarni sotib olishi uchun hatto transfer oynasi uzaytirilgandi.
Umuman olganda, «Arkadag»ning ichki musobaqalardagi g‘alabali seriyasi 60 o‘yindan ham o‘tdi. Ammo shungu qaramay, klub Ginnesga kiritilmagan. Avvalroq kitob vakili jamoaning g‘alabali seriyasi nima uchun rekord sifatida hisobga olinmaganini tushuntirgandi: «Turkmaniston ligasi haqida nisbatan kam ma’lumotlar mavjud. Bu va shunga o‘xshash rekordlar bo‘yicha olib borgan tadqiqotlarimiz biz xohlaganimizdan kamroq ma’lumot beradi. Bundan tashqari, biz odatda boshqaruv va raqobat darajasiga ham qaraymiz.
Shularning barchasini hisobga olib, biz «Al Hilol»ni rekordchi sifatida tasdiqladik».