Jamiyat | 16:26 / 08.10.2024
5124
1 daqiqa o‘qiladi
2024 yilda xorijga sayohatga borgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi
O‘tgan sakkiz oyda ularning soni 4 milliondan oshgani aytilmoqda.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-avgust oylarida 4 mln 60 ming o‘zbekistonlik turistik maqsadlarda chet elga borgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,1 mln nafarga yoki 37,2 foizga oshgan.
O‘zbekistonliklar turistik maqsadda eng ko‘p quyidagi davlatlarga borgan:
- Qirg‘iz Respublikasi – 1 913,6 ming nafar;
- Tojikiston – 797,6 ming nafar;
- Qozog‘iston – 640,2 ming nafar;
- Rossiya – 194,7 ming nafar;
- Turkiya – 157,7 ming nafar;
- Saudiya Arabistoni – 111,9 ming nafar;
- BAA – 81,4 ming nafar;
- Misr – 27,7 ming nafar;
- Kuvayt – 16,7 ming nafar;
- Janubiy Koreya – 14,9 ming nafar;
- Boshqa davlatlar – 112,1 ming nafar.
Mavzuga oid

13:53 / 16.02.2025
O‘zbekistonda aholi qaysi viloyatda eng zich yashashi ma’lum qilindi

15:48 / 03.02.2025
O‘zbekistonlik yigit Spark’da Yevropaga safar qildi

16:08 / 31.01.2025
O‘zbekiston va Ozarboyjon ID-kartani o‘zaro tan olish masalasini muhokama qilmoqda

10:59 / 31.01.2025