1,8 mingta kasbni qamrab oluvchi kasbiy standartlar ishlab chiqiladi

O‘zbekiston 09:45 / 08.10.2024 972

2026 yil 1 dekabrga qadar ilg‘or xorijiy tajriba asosida 1800 ta kasbni qamrab oluvchi kasbiy standartlar ishlab chiqiladi va amaliyotga kiritilishi ta’minlanadi.

Quyidagilar milliy malaka tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi, jumladan:

  • xalqaro standartlar asosida Mashg‘ulotlar, kasb va lavozimlar milliy klassifikatorini ishlab chiqish va rivojlantirish;
  • malaka ramkalari, kasbiy standartlar va malaka talablarini ish beruvchi talablari asosida ishlab chiqish, joriy etish va rivojlantirish;
  • yangi avlod kasbiy standartlar asosida mehnat munosabatlarini tartibga solish;
  • milliy malaka tizimining normativ-huquqiy, institutsional va uslubiy asoslarini takomillashtirish;
  • norasmiy va informal orttirilgan ko‘nikma va malakalarni tan olish (Recognition of Prior Learning) tizimini joriy qilish;
  • ko‘nikmalarni prognozlashtirish (skills anticipation), ko‘nikmalarga bo‘lgan ehtiyojlarni tahlil qilish (skills needs analysis), ko‘nikmalar bilan bog‘liq kamchiliklarni o‘rganish (skills gap analysis) vositalari va metodologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish.
Ko‘proq yangiliklar: