NYT Tramp va Putin Ukraina bo‘yicha birinchi muhokamani qachon o‘tkazganini ochiqladi

Jahon 09:53 / 07.10.2024 4339

2017 yilda, o‘sha paytda Amerika prezidenti lavozimiga kirishgan Donald Tramp Hamburgdagi G20 sammiti doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan birinchi shaxsiy uchrashuvini o‘tkazgan va unda Putinning Ukrainaga Amerika qurollari ehtimoliy yetkazib berilishi bo‘yicha fikrini so‘ragan. Rossiya prezidenti bu Qo‘shma Shtatlar tomonidan «xato» bo‘lishi haqida javob bergan. Bu haqda 5 oktyabr, shanba kuni The New York Times (NYT) yozmoqda.

Tramp bilan suhbatda Putin Ukrainani «korrupsiyaga uchragan, xayoliy mamlakat» deb atadi va Rossiya unga ta’sir o‘tkazishga to‘liq haqqi borligini ta’kidladi. Hamburgdagi o‘sha sammitda qatnashgan uch amerikalik mulozimga ko‘ra, Rossiyaga qarshi maslahatchilari tomonidan bir qancha tezislar tuzib berilgan Tramp Putinga e’tiroz bildira olmagan.

Suhbatdan so‘ng AQSh davlat kotibi lavozimiga nomzod bo‘lgan Reks Tillerson Tramp ma’muriyatini «prezidentning Ukraina haqidagi fikrini o‘zgartirish uchun ko‘p ish qilishlari kerakligi» haqida ogohlantirgan. «Tillerson hozirgina sobiq «KGB» josusi janob Putinning Amerika yangi prezidentining fikrlash tarzini shakllantirish bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazganini kuzatdi», — deya tushuntiradi NYT nima bo‘lganini.

NYT: 7 yildan keyin ham Trampning Ukrainaga nisbatan munosabati o‘zgarmadi

Trampning Ukrainaga nisbatan munosabati va Kiyev demokratlarni qo‘llab-quvvatlashiga shubha qilishi joriy prezidentlik kampaniyasi davrida ham paydo bo‘lishda davom etmoqda, deb yozadi The New York Times o‘tgan oy AQSh prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod Kamala Harris bilan bo‘lgan debat chog‘ida Tramp Ukraina urushda g‘alaba qozonishini xohlaydimi, degan savolga to‘g‘ridan to‘g‘ri javobdan qochganini eslatib o‘tdi.

O‘tgan hafta u Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni AQShga qilgan so‘nggi safaridan Harrisning saylovoldi tashviqotini kuchaytirish uchun foydalanganlikda, asosiy ovozlarni taqsimlovchi shtat bo‘lgan Pensilvaniyadagi o‘q-dori zavodiga tashrif buyurganlikda aybladi. «Menimcha, Zelenskiy tarixdagi eng buyuk sotuvchidir, - dedi Tramp Zelenskiy shtatga tashrif buyurgan kunining ertasi kuni bo‘lib o‘tgan mitingda. - U har safar bu mamlakatga kelganida 60 milliard dollar bilan ketadi».

Tramp: Putin ham, Zelenskiy ham urushni tugatmoqchi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 27 sentabr kuni Nyu-Yorkdagi «Tramp-tauer» osmono‘par binosida AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp bilan uchrashdi. 40 daqiqa davom etgan suhbat davomida Tramp bo‘lajak prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Ukrainadagi urushni tugatishini yana bir bor ta’kidladi. Ukraina yetakchisi bilan suhbatdan so‘ng Tramp ikkalasi ham «adolatli kelishuv»ni istashlarini ta’kidladi.

«Bizning (Zelenskiy bilan) munosabatlarimiz juda yaxshi, o‘zingizga ma’lumki, men prezident Putin bilan juda yaxshi munosabatdaman va o‘ylaymanki, agar biz (Respublikachilar partiyasi) g‘alaba qozonsak, hammasini juda tez hal qilamiz», dedi Tramp uchrashuv oldidan jurnalistlarga. Zelenskiyning Trampning Ukraina bilan munosabatlari Rossiya Federatsiyasiga qaraganda yaxshiroq degan so‘zlariga javoban AQShning sobiq prezidenti: «Tango uchun ikki kishi kerak bo‘ladi», deb javob berdi.

Ko‘proq yangiliklar: