Isroil Livan bilan chegarada ikkinchi yopiq hudud haqida ma’lum qildi

Jahon 08:56 / 07.10.2024 4458

Isroil mudofaa kuchlari 6 oktyabr, yakshanba kuni Livan bilan chegaradagi yana uchta hududni yopiq harbiy zona deb e’lon qildi. TsAHAL Telegram-kanalida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, «vaziyat baholanganidan so‘ng» mintaqaga kirish taqiqlangan.

Gap Isroil shimolidagi Manara, Iftah va Malkiya kibutsilari haqida bormoqda. 30 sentyabr kuni TsAHAL Metula, Misgav Am va Kfar Giladi jamoatlari atrofidagi hududlarni harbiy hudud deb e’lon qildi.

Isroil armiyasi Livan janubida shiddatli janglar olib bormoqda

Isroil mudofaa kuchlari (TsAHAL ) 2 oktyabr kuni Livan janubida «og‘ir janglar» boshlanganini e’lon qildi va mintaqa aholisini Litani daryosi janubidagi hududlarga bormaslikka chaqirdi. Bundan biroz avval «Hizbulloh» harakati Livandagi Isroil harbiy amaliyoti boshlanganidan beri mamlakat janubidagi Odais qishlog‘i yaqinida isroillik harbiylar bilan birinchi to‘qnashuv haqida xabar bergan edi.

 «Hizbulloh» da’vo qilishicha, harakat jangchilari isroilliklarga talafotlar yetkazgan va ularni chekinishga majbur qilgan. Bundan tashqari, ular Isroil shimolidagi Misgav Am hududida isroillik qo‘shinlarining katta konsentratsiyasiga raketa va artilleriyadan zarba berilganini va yana uchta joyda TsAHAL pozitsiyalariga raketa zarbalari berilganini e’lon qildi.

Isroil qo‘mondonligiga ko‘ra, Livandan Isroilga 50 ta raketa uchirilgan. Aksariyat aholisi evakuatsiya qilingan Metula qishlog‘ida 10 ta uy zarar ko‘rgan.

Ko‘proq yangiliklar: