Finalda Braziliya Argentinani katta qiyinchilik bilan 2:1 hisobida yengib, 6 karra jahon chempioniga aylandi. Uchinchi o‘rin Fransiyani (7:1) mag‘lub etgan Ukrainaga nasib etdi.
Final va taqdirlash marosimiga FIFA prezidenti Janni Infantino, «futzal Pelesi» deb ataladigan afsonaviy Falkao hamda boshqa rasmiylar tashrif buyurishdi.
Tribuna.uz muxbiri Hasan Yusupov «Humo arena»dagi kechadan eksklyuziv fotojamlanma tayyorladi.