Farg‘onada Lacetti urib yuborgan shaxs halok bo‘ldi

Jamiyat 12:26 / 07.10.2024 4045

Farg‘ona viloyatida Lacetti urib yuborgan fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

“Mening yurtim” telekanalida berilgan lavhada aytilishicha, Qo‘shtepa tumanidagi serqatnov yo‘llarning birida harakatlanib kelayotgan Lacetti’ning 30 yoshli haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan.

Mashina yo‘l chetiga chiqib ketib xonadonlardan birining kirish eshigi oldida turgan 57 yoshli fuqaroni urib, darvozaga qisib qo‘ygan.

Oqibatda, og‘ir tan jarohatlari olgan fuqaro voqea joyida vafot etgan.

Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: