Isroil G‘azo shimolida amaliyot boshladi

Jahon 18:30 / 06.10.2024 5528

6 oktyabr, yakshanba kuni tongda TsAHAL e’lon qilga bayonotda aytilishicha, «Hamas G‘azo shimolidagi Jabaliya tumani hududida o‘z operativ salohiyatini tiklashni boshlagani» tufayli 162-diviziya yakshanbaga o‘tar kechasi bu yerda amaliyot boshlagan.

Isroil mudofaa armiyasining ikkita brigadasi mazkur hududni qurshab olgan va ayni vaqtda u yerda harakatlanishda davom etmoqda, deyilgan bayonotda. Isroil harbiy-havo kuchlari amaliyotning «boshidan oxiriga qadar» o‘z harbiylariga yordam ko‘rsatish uchun «o‘nlab harbiy obektlar»ga zarbalar yo‘llagani aytilgan.

«Zarba berilgan nishonlar orasida qurol omborlari, yerosti infratuzilma obektlari, terrorchilik hujralari v boshqa harbiy infratuzilma obektlari bor», — deyilgan TsAHAL xabarida.

Isroil harbiylari G‘azo shimoli «hamon xavfli harbiy harakatlar hududi hisoblanishi»ni ma’lum qilib, yakshanba kuni shimolda ehtimoliy evakuatsiya hududlari ko‘rsatilgan yangi xaritani namoyish etgan.

Shuningdek, TsAHAL G‘azo janubidagi Al-Mavasiy gumanitar zonasi kengaytirilganini ma’lum qilgan. Falastinlik amaldorlar va BMT vakillari esa anklavdagi biror joy, jumladan, gumanitar hududlar ham xavfsiz emasligini aytishmoqda, deya xabar qiladi Reuters agentligi.

Maktab va masjidga zarba

Hamas tomonidan nazorat qilinadigan G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilishicha, isroilliklar G‘azoning markaziy qismida ko‘chirilgan falastinliklar joylashtirilgan masjid va maktabga yo‘llagan aviazarba oqibatida 26 kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgan.

Idora ma’lumotiga ko‘ra, yakshanba kuni tongida Ibn Rushd nomidagi maktab hamda Dayr-al-Balahadagi Al-Aqso shahidlari masjidiga yo‘llangan aviazarbalar oqibatida yana o‘nlab kishilar yaralanganini ma’lum qilgan.

Isroillik harbiylar zarbalar nishoni ushbu ikki binodan «qo‘mondonlik va nazorat markazlari» sifatida foydalangan Hamas jangarilari bo‘lganini bildirgan. Hamas esa maktab, shifoxona va masjid kabi fuqarolik obektlaridan harbiy maqsadlarda foydalangani haqidagi bu ayblovni rad etgan.

Masjid hududida olingan va BBC tomonidan tekshirilgan videoyozuvlarda xarobalar orasida jasadlar yotgani va qon aks etgan, maktabdagi kadrlarda — yonayotgan bino hamda zambil ko‘targan kishilarni ko‘rish mumkin.

Isroilning G‘azo bo‘ylab zarbalari Hamasning Isroilga hujumiga bir yil to‘lishi arafasida yo‘llandi. O‘shanda falastinliklar guruhi a’zolari 1200 ga yaqin kishini o‘ldirib, 251 kishini garovga olgandi.

G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Isroil armiyasi sektorda olib borgan harbiy harakatlar oqibatida halok bo‘lganlar soni qariyb 42 ming kishiga yetgan.

Ko‘proq yangiliklar: