Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida "Sahro sadosi" II Xalqaro yoshlar festivalini o‘tkazdi

Jamiyat 18:19 / 05.10.2024 1317

Xususan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Ellikqal’a tumani hokimligi va bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda joriy yilning 4-5 oktyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida "Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz!" shiori ostida "Sahro sadosi" II Xalqaro yoshlar festivalini o‘tkazdi. Mazkur festival mamlakatimiz, shu jumladan Qoraqalpog‘istonning turistik salohiyatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.  

Festivalda Xorvatiya, Hindiston, Xitoy va qo‘shni mamlakatlardan turizm bo‘yicha mutaxassislar, ilmiy tadqiqotchilar hamda 1000 ga yaqin talaba yoshlar qamrab olindi. 

"Sahro sadosi" yoshlar festivalini Ellikqal’a tumani hokimi Valijon Niyazimbetov ochib berdi. Shundan so‘ng festival doirasida xorijlik va mahalliy turizm mutaxassislari tomonidan Qoraqalpog‘iston turizmini rivojlantirishga qaratilgan Xalqaro treninglar o‘tkazildi. 

Undan so‘ng Tuproqqal’a tarixiy majmuasida talaba-yoshlar ishtirokida “Yangi O‘zbekistonning baxtli yoshlarimiz!” mavzusida rasm chizish ko‘rik-tanlovi, Aqchako‘l sohilida “Baliqdan 99 xil taom” milliy taomlar tanlovi o‘tkazildi. Qolaversa, festival doirasida sport musobaqalari, milliy sport o‘yinlari tadbirlari Aqchako‘ldagi Amfiteatrda festival konsert dasturlariga ulanib ketdi. 

Festivalning ikkinchi kunida Ayozqal’ada kurash , shaxmat, shashka, arqon tortish kabi sport o‘yinlari keng qamrovda o‘tkazildi.  

Festival ikki kun davomida ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Faol ishtirok etgan yoshlar turli nominatsiyalar asosida taqdirlandi. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bir qator tashkilotlar bilan hamkorlik memorandumlari va kelishuvlarga erishdi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: