Surishtiruv: BR ukrainalik bolalarni harbiylashtirishga aloqador

Jahon 09:25 / 05.10.2024 2544

Belarus rahbari Aleksandr Lukashenkoning rejimi Rossiyaning ukrainalik bolalarning shaxsini yo‘q qilish va ularni harbiylashtirish bo‘yicha jinoiy siyosatiga sherikdir. Bunday xulosaga Freedom House xalqaro nohukumat tashkiloti ko‘magida ukrainalik va belaruslik huquq faollari tomonidan tayyorlangan surishtiruv mualliflari kelishgan.

Hujjat ustida inson huquqlari tashkilotlari ekspertlari ishladi: Ukrainadan — ZMINA inson huquqlari markazi va Inson huquqlari bo‘yicha mintaqaviy markaz, shuningdek, Belarusdan — «Vyasna» va BelPol. 4 oktyabr, juma kuni Varshavada «O‘g‘irlangan bolalik: Belarus rejimi qanday qilib ukrainalik bolalarni ko‘chirish, qayta o‘qitish va harbiylashtirish orqali shaxsini yo‘q qiladi» deb nomlangan surishtiruv taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Donbassdan noqonuniy olib kelingan bolalarning «dam olishi va sog‘lomlashtirilishi»

Freedom House veb-saytida e’lon qilingan hisobotda aytilishicha, Aleksandr Lukashenko «ukrainalik bolalarni Belarus hududiga o‘tkazishga shaxsan asos solgan». Hujjat mualliflari ta’kidlaganidek, Belarus rahbari tomonidan 2021 yilda imzolangan «Donbass bolalarining dam olishini va sog‘lig‘ini saqlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi farmon Belarus rejimining Ukraina bolalarini ko‘chirish, qayta o‘qitish va harbiylashtirishda faol ishtirok etishi uchun pretsedent yaratdi. Bundan tashqari, Lukashenko hukmronligi xarakterini hisobga olgan holda, hech bir voqea Belarus rahbarining aniq roziligisiz o‘tishi mumkin emas, deydi huquq himoyachilari.

Hisobotda birinchi marta olib chiqib ketilgan ukrainalik bolalar haqida ma’lumotlar keltirilgan, ular Belarusdagi aloqalar orqali ma’lum bo‘lgan. Huquq himoyachilari surishtiruv uchun ma’lumotni, xususan, 2020 yilda mamlakat sobiq huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan tashkil etilgan BelPol mustaqil tashkilotidan olgan. Gap 2022 yildan 2023 yilgacha bo‘lgan davrda Ukrainaning vaqtincha bosib olingan hududlaridan Belarusga ko‘chirilgan bolalarning ismlari, shuningdek, poyezd chiptalari, ichki yozishmalar va boshqa bir qator tasdiqlovchi hujjatlar haqida bormoqda. Bundan tashqari, surishtiruvchilar 200 ga yaqin ochiq manbalardan olingan ma’lumotlardan foydalanganlar.

Rossiya Qatar ishtirokida to‘qqiz nafar bolani Ukrainaga topshirdi

Rossiya Federatsiyasi hududiga olib ketilgan yana to‘qqiz ukrainalik bola o‘z oilalari bag‘riga jo‘natildi, deya xabar beradi Rossiya OAV bolalar huquqlari bo‘yicha vakil Mariya Lvova-Belovaga tayanib. Kiyev bu ma’lumotni tasdiqlamadi.

Ukrainaga qarshi tajovuzkor urush paytida noqonuniy ravishda Rossiya hududiga olib ketilgan to‘qqiz ukrainalik bola uylariga, oilalariga jo‘natildi. Bu haqda 26 sentabr kuni Rossiya davlat OAVga prezidentning bolalar huquqlari bo‘yicha vakili Mariya Lvova-Belova ma’lum qildi.

«Bugun biz Rossiya prezidenti Vladimir Putinning topshirig‘i bilan Rossiyada bo‘lgan bir guruh bolalarni ota-onalari va Ukrainada yashovchi boshqa qarindoshlari bilan birlashtirmoqdamiz. Bu 12 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan sakkiz nafar o‘g‘il va 17 yoshli bir qizdan iborat guruhdir. 17 yoshli qiz Qrimda buvisi bilan yashagan, lekin Kiyevdagi onasiga ko‘chib o‘tmoqchi», — deya Rossiya ombudsmanining ushbu o‘smirlar bilan uchrashuvidan keyingi so‘zlaridan iqtibos keltiradi nashrlar.

Ko‘proq yangiliklar: