Rossiya Davlat Dumasi deputatlari «buzg‘unchi mafkura», jumladan kvadrobika targ‘ibotini taqiqlovchi qonun loyihasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Davlat Dumasining ta’lim bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Yana Lantratova ma’lum qildi.
«Men buzg‘unchi mafkura, jumladan, kvadrobika targ‘ibotini taqiqlovchi qonun loyihasini ishlab chiqyapman. Bu harakatni ommabop va jozibador qilganlar jazolanishi kerak», dedi deputat.
Uning aniqlik kiritishicha, kvadrobika bilan shug‘ullangan bolalarni jinoyatchi emas, balki «tashviqot qurboni» hisoblanadi. Buning uchun bolalarning ota-onasi emas, balki kvadrobikaga qiziqish uyg‘otadigan ma’lumotlarni tarqatayotganlar javobgar bo‘lishi kerak.
Kvadrobika — bolalar va o‘smirlar orasida ommalashgan trend bo‘lib, xobbi, submadaniyat va fitnes qorishmasi. Kvadroberlar hayvonlarning niqoblarini kiyadi, dum taqadi va hayvonlarga taqlid qilib, 4 oyoqda yuradi va sakraydi.