Chiqindi tashuvchi mashinalarga GPS qurilmalari o‘rnatiladi

O‘zbekiston 08:48 / 05.10.2024 1996

Shavkat Mirziyoyev 26 sentabr kuni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida shaffoflikni ta’minlash va boshqaruvni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

2026 yil 1 yanvardan boshlab chiqindilar bilan bog‘liq xizmatlarni tadbirkorlarga berish yuzasidan o‘tkaziladigan tender jarayonini onlayn kuzatish imkoniyatini yaratiladi.

Sanitar tozalash korxonalari tomonidan chiqindi to‘plash shoxobchalariga videokuzatuv kameralarini o‘rnatish va shoxobchalar faoliyatini aholi tomonidan kuzatish imkoniyati yaratiladi.

Chiqindilarni tashish bilan shug‘ullanuvchi barcha maxsus texnikalarga sanitar tozalash korxonalari mablag‘lari hisobidan onlayn kuzatuv (GPS) tizimini o‘rnatish hamda mazkur texnikalarni kuzatish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar uchun oylik to‘lovlarni markazlashgan holda amalga oshirish va bu orqali chiqindilarning belgilangan grafik va muddatlarga muvofiq olib chiqib ketilishini kuzatish imkoniyatini yaratiladi.

Ko‘proq yangiliklar: