Buyuk Britaniya karbonat angidridni saqlaydigan maydonchalarni yaratishga salkam 30 mlrd dollar ajratadi

Jahon 01:20 / 05.10.2024 2679

Buyuk Britaniya hukumati o‘tgan hafta mamlakatda oxirgi ko‘mir elektr stansiyasi yopilganidan keyin 25 yil davomida karbonat angidrid gazini tutib qolish va saqlash uchun 28,4 milliard dollar ajratishni reja qilmoqda. Bu haqda hukumatning rasmiy saytida so‘z boradi.

«Hukumat Buyuk Britaniyada karbonat angidridni saqlab turuvchi birinchi obektlar ishga tushirilishini moliyalashtirishini tasdiqlaydi. Bu minglab yangi ish o‘rinlarini yaratishga, milliardlab xususiy investitsiyani rag‘batlantirishga va «sof nol»ga o‘tish jarayonini tezlashtirishni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi», — deyiladi xabarda.

Bu turdagi ikkita maydoncha Tissayd (mamlakat shimoli-sharqida) va Mersisayd (shimoli-g‘arbda) tumanlarida joylashadi. Ular ushbu hududlardagi sanoat markazlarining o‘sishiga xizmat qiladi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri 4 mingta ish o‘rni yaratib, bir vaqtning o‘zida mamlakatning qolgan qismini energiya bilan ta’minlaydi.

Ta’kidlanishicha, zararli gazlarni to‘plashga qaratilgan loyihalarga 10,5 milliard dollar xususiy investitsiya jalb etilishi mumkin.

Shu bilan birga, havoga chiqariladigan karbonat angidrid hajmi yiliga 8,5 million tonnadan ortiqqa kamayadi — bu yo‘llardan 4 millionta avtomobil olib tashlanganiga teng.

Ko‘proq yangiliklar: