Finalga bo‘lgan qiziqish qanchalik yuqori ekanligini vodiyning uch viloyati Farg‘ona, Namangan va Andijon hokimlari ham bu bahsni tomosha qilish uchun «Istiqlol» stadioniga kelganidan ham bilsa bo‘ladi.
35-daqiqada namanganliklar vakili Abrorbek Ismoilov hisobni ochgan bo‘lsa, 82-daqiqada Muhammadkarim Toirov farqni tenglashtirdi – 1:1.
116-daqiqada Andijon jamoasi Islom Mamatkazinning goli evaziga g‘alabani ilib ketgandek edi, ammo Toma Tabatadze 118-daqiqada hisobni tenglashtirdi va jamoalar penaltilar seriyasiga o‘tadigandek edi, go‘yo. Ammo bunga andijonliklar himoyachisi Vladimir Bubanya rozi bo‘lmadi va 120+2-daqiqadagi goli evaziga «Andijon»ga o‘z tarixidagi eng muhim g‘alabani keltirdi.
Shu tariqa, «Andijon» o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston kubogi sohibiga aylanib, keyingi yil OChL-2da ishtirok etadigan bo‘ldi.
O‘zbekiston kubogi-2024. Final
«Navbahor» – «Andijon» 2:3
Farg‘ona, 20 ming tomoshabin.
Bosh hakam: Xolid Solih Al Turais (Saudiya Arabistoni)
VAR: Sulton Sanat Al Harbi (Saudiya Arabistoni)
Gollar: Abrorbek Ismoilov 53, Toma Tabatadze 118 – Muhammadkarim Toirov 82, Islom Mamatkazin 116, Vladimir Bubanya 122.
«Navbahor»: 35.Sanjar Quvvatov, 8.Siyovush Haqnazariy, 9.Odil Hamrobekov, 10.Jamshid Iskanderov, 12.Saidazamat Mirsaidov, 13.Filip Ivanovich, 14.Jamshid Boltaboyev, 21.Giorgi Nikobadze, 23.Yovan Jokich, 34.Farrux Sayfiyev, 77.Abror Ismoilov.
Zaxira: 18.Eldorbek Suyunov, 7.Azim Ahmedov, 11.Sardor Rashidov, 17.Ruslanbek Jiyanov, 20.Muzaffar Mo‘minov, 22.Toma Tabatadze, 24.Dostonbek Abdulhayev, 55.Komiljon Tojiddinov, 71.Navro‘zbek Iminjanov.
«Andijon»: 1.Eldor Adhamov, 5.Abduvohid G‘ulomov, 8.Farhodbek Bekmurodov, 10.Ilhom Abdug‘aniyev, 13.Sardorbek Azimov, 14.Abdurahmon Komilov, 15.Vladimir Bubanya, 17.Farhodjon Sohibjonov, 21.Ildar Mamatkazin, 26.Muhammadkarim Toirov, 77.Rustam Turdimurodov.
Zaxira: 12.Mohir Komilov, 9.Levan Arveladze, 18.Damir Temirov, 19.Nurimbet Abinur, 28.Islombek Mamatkazin, 51.Luka Zgurskiy, 66.Ilhomjon Alijonov, 71.Bektemir Abdumannonov, 99.Shahram Samiyev.