Saida Mirziyoyeva «Tamerlano» operasining premerasida ishtirok etdi

O‘zbekiston 08:29 / 04.10.2024 11221

2 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida rejissyor Stefano Poda talqinida «Tamerlano» operasining premerasi bo‘lib o‘tdi. 

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyevaning yozishicha, Jorj Friderik Handelning (1685-1759) original musiqasi bastakor Kirill Rixter sayqalida, o‘zbek milliy cholg‘u asboblari jo‘rligida orkestr tomonidan ijro etildi.

Operaning jahon premerasi bundan roppa-rosa 300 yil muqaddam 1724 yilda bo‘lib o‘tgan — bu G‘arbiy Yevropa musiqa san’atining Temuriylar saltanati asoschisi Amir Temurga bag‘ishlangan durdona asari edi.

"Bu premera biz uchun o‘tmish va bugunni bog‘laydigan muhim madaniy voqeadir", - deydi prezident yordamchisi.

Ko‘proq yangiliklar: