Kreativ iqtisodiyot sohalaridagi faoliyat yo‘nalishlari qonun bilan belgilandi

Iqtisodiyot 18:35 / 04.10.2024 1850

«Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Kreativ iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash, rivojlantirish va ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga solish qonunning maqsadi hisoblanadi.

Kreativ industriya sohalaridagi faoliyat yo‘nalishlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi, jumladan:

- adabiy ijodni;

- amaliy san’at va hunarmandchilikni;

- arxitektura, loyihalashtirish va urbanistikani;

- audiovizual san’atni;

- ijrochilik san’atini;

- konsert-tomosha faoliyatini va ommaviy-madaniy tadbirlarni tashkil etishni;

- raqamli texnologiyalar sohasidagi ijodiy faoliyatni.

Kreativ industriya sohalarida fuqarolarning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini namoyon etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish kreativ iqtisodiyot sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Vazirlar Mahkamasi kreativ iqtisodiyot sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi kreativ industriya sohalarini rivojlantirish bo‘yicha jamoatchilik asosida faoliyat olib boradigan maslahat organidir.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: