Yevrokomissiya Vengriya ustidan Yevropa sudiga da’vo kiritdi
Yevropa komissiyasi Vengriyada qabul qilingan «Suverenitet himoyasi to‘g‘risida»gi qonun YeI qonunchiligini buzayotganini ta’kidlamoqda.

Foto: ZUMA Press
Yevropa komissiyasi Vengriyada qabul qilingan «Suverenitet himoyasi to‘g‘risida»gi qonun YeI qonunchiligini buzayotgani tufayli Lyuksemburgdagi Yevropa sudiga shikoyat qildi.
Joriy yilning fevralida Yevrokomissiya (YeK) Vengriyaga mazkur qonundan xavotirda ekanini bildirgan holda rasmiy ogohlantirish yuborgan. YeK mamlakat qaytargan javobni qoniqarsiz deya topib, mayda Budapeshtdagi rasmiylarga ushbu qonun «Yevropa Ittifoqi qonunchiligida mustahkamlangan asosiy huquqlarni buzayotganini» bildirib, yana e’tirozini yo‘llagan.
«Vengriya hukumatining komissiyaga qaytargan javobi yaxshilab baholab chiqilganidan keyin ma’lum bo‘ldiki, aksariyat aniqlangan shikoyatlar hamon ko‘rib chiqilmagan», — deyiladi Yevrokomissiya xabarida.
O‘z navbatida Vengriya suverenitet himoyasi to‘g‘risidagi qonun Yevropa Ittifoqi qonunlariga zid emasligini va Yevrokomissiyaning xavotirlari asossiz ekanini ma’lum qilgan.
Vengriya parlamenti tomonidan 2023 yil dekabrda qabul qilingan «Milliy suverenitetni himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun maxsus organ — Vengriya saylovlariga chet el ta’sirini va mamlakat suverenitetiga hujumlarning oldini olishga qaratilgan Suverenitetni himoya qilish boshqarmasini tashkil etishni nazarda tutadi. Saylovoldi kampaniyasini moliyalashtirishda chet eldan mablag‘ olganlik uchun 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilangan.
Mavzuga oid

00:29 / 10.03.2025
Yevrokomissiya rahbari birinchi marta xavfsizlik masalalari bo‘yicha kollegiya yig‘ilishini chaqiradi

12:26 / 06.03.2025
Yevrokomissiya Rossiya yonilg‘isidan bosh tortish rejasini e’lon qilishni yana kechiktirdi

20:07 / 05.03.2025
Yevroparlamentda Vengriyani ovoz berish huquqidan mahrum etish va YeI armiyasini tuzish taklif qilindi

17:14 / 04.03.2025