Ruandada Marburg virusi oqibatida 11 kishi vafot etdi

Jahon 22:15 / 03.10.2024 2412

Ruandada Marburg virusi bilan kasallanish bo‘yicha 36 ta holat aniqlangan bo‘lib, bemorlarning 11 nafari vafot etgan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Gebreyyesus Jyenevada o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

«Ayni vaqtda mamlakatning 30 ta okrugida kasallanish bo‘yicha 36 ta holat tasdiqlandi, jumladan, ularning 11 tasi o‘lim bilan yakunlangan», — deydi Gebreyyesus.

JSST rahbarining qo‘shimcha qilishicha, bemorlarning 25 nafari izolyatsiyaga olingan va ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Bemorlar bilan aloqaga kirishga 300 kishi ustidan nazorat o‘rnatilgan.

Avvalroq Ruanda Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakat hududidagi 30 ta tumandan yettitasida kasallik holatlari aniqlangandan so‘ng mamlakatda ushbu kasallik ilk bor avj olganini tasdiqlagandi. JSST virus tarqalish xavfini mintaqaviy darajada yuqori, ammo global miqyosda past deb baholamoqda. Shu bilan birga mutaxassislar kasallikka chalingani gumonlanayotgan bir kishi Raundani tark etganidan tashvishda.

Marburg virusi gemorragik isitmani keltirib chiqaradi, bu kasallikdan o‘lim darajasi 88 foizgacha yetishi mumkin. Virus to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa natijasida yuqadi. Kasallik belgilari orasida yuqori tana harorati, kuchli bosh og‘rig‘i va holsizlik, shuningdek ich ketishi, qorin og‘rig‘i va ko‘ngil aynishi kuzatiladi.

Marburg virusi Ebola virusi bilan bir oilaga mansub. Kasallik o‘z nomini 1967 yilda Germaniyaning Marburg shahrida yuz bergan epidemiya tufayli olgan. O‘shanda Germaniyaning Frankfurt, Serbiyaning Belgrad shahrida ham kasallanish holatlari qayd etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: