Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi va Janubiy Koreya Okeanlar va baliqchilik vazirligining Port investitsiyalar departamenti vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar logistika infratuzilmasini yaratish va modernizatsiya qilish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bilan bog‘liq jihatlarni ko‘rib chiqishdi.
Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida quruqlik porti va ichki terminallarning qurilishi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish masalalari muhokama etildi. 2024 yil 9 avgustda boshlangan loyiha 13 oyga mo‘ljallangan bo‘lib, 2025 yil 12 sentabrda yakunlanadi.
Qayd etilishicha, loyihaning maqsadi ushbu hududlarda quruq portni rivojlantirish bo‘lib, bu mamlakatning logistika infratuzilmasini yaxshilashga yordam beradi.