Rasmiy Londonning O‘zbekiston bilan maktabgacha, o‘rta va oliy ta’lim sohalarida hamda kreativ iqtisodiyot yo‘nalishida hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashdan manfaatdor ekanligi qayd etildi.
"Britaniya O‘zbekiston bilan ingliz tilini o‘qitish dasturlarini kengaytirish va universitetlararo aloqalarni chuqurlashtirishga tayyor", dedi Rupert Deniels.
Uchrashuv yakunida joriy oktyabr oyida Britaniya Biznes va savdo vazirligi delegatsiyaning O‘zbekistonga safarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.