Samarqand viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida yettita mashina shikastlangan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 2024 yil 1 oktyabr kuni soat 18:15 lar atrofida Samarqand shahar hududidan o‘tuvchi M-37A avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.
Tirkama bilan harakatlanayotgan “Kamaz” yuk mashinasining tormoz qismida nosozlik yuzaga kelgan va u o‘zi bilan bir yo‘nalishda kelayotgan yettita mashinaning ortidan urib, shikast yetkazgan.
Qayd etilishicha, hodisa tufayli hech kim tan jarohati olmagan va vafot etmagan. Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.