Dehqonning “uyi kuydi”: Kegeylida 14 gektar pishay deb turgan sholi dalasi buzib tashlandi
Fermer Mansurbek Yo‘ldoshev qariyb 70 gektar yaroqsiz yerni 10 yil davomida qishloq xo‘jaligi yeriga aylantirib, yaxshigina hosil ola boshlagandi. Lekin kuni kecha uning 14 gektar yetilay deb turgan sholisi mahalliy idoralar istagi bilan buzib tashlandi.

Mansurbek Yo‘ldoshev – “Aminboy Sharwa” fermer xo‘jaligi raisi. Uning Kun.uz'ga aytishicha, 26 sentabr kuni soat 17:00 atrofida IIB xodimlari uning dala maydoniga bir nechta avtomashinalarda kelib, xo‘jalik ishchisining telefonini olib qo‘yib, ishchini mashinalardan biriga o‘tqazib, olib ketishgan.
IIB xodimlari o‘zlari bilan bitta “Belarus” va ikkita “New Holland” traktorlarini dalaga boshlab kelib, 14 gektarda pishib turgan sholini payhon qilishdi, deydi u.
Dehqonning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar bu ishlari bilan uning asosiy daromadini yo‘q qilishgan.
Holat borasida Kegeyli tuman IIBning munosabatini so‘radik, ayni paytda izoh berilishi kutilmoqda. Ekinni buzish jarayonida bevosita qatnashgani aytilayotgan ichki ishlar xodimlaridan biri esa telefon orqali muloqotda Kun.uz muxbiri ekanimni aytishim bilan, go‘shakni o‘chirib qo‘ydi.
Mansurbek Qoraqalpog‘iston Respublikasining Kegeyli tumanida fermerlikni 10 yil oldin boshlagan: qariyb 70 gektar o‘nqir-cho‘nqir tashlandiq yerni olib, chorvachilik yo‘nalishida faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Biroq mahalliy hokimiyat uning egniga paxta va bug‘doy “reja”sini ham yuklagan. Fermerning chorvachiligi esa “saxovat”ga aylangan.
“Paxtadan foyda olmayman, bug‘doydan ham, chunki o‘zlari belgilagan narxda hosilni olishadi mendan. Chorva esa “saxovat”ga aylandi – go‘shtni yarmarkada (arzonlashtirilgan narxda – tahr.) sotasan deb majburlashadi”, – deydi “Aminboy Sharwa” fermer xo‘jaligi raisi.
Bu gaplarni eshitib, fig‘onim falak bo‘ladi: “Foydani qayerdan olasiz? Axir, xo‘jalik qayerdandir daromad olishi kerak!” – savol beraman fermerga. “Sholidan”, – deydi u.
“Bu tom ma’nodagi fermerchilik emas, hokimiyat bilan o‘ziga xos kelishuv bo‘yicha amalga oshirilayotgan yollanma faoliyat”, – degan xulosaga boraman:
“Chorva fermeri bo‘lasan, ammo paxta va bug‘doy yetishtirasan, molingni so‘yib, go‘shtini yarmarkaga berasan, foydangni o‘zing amallaysan”.
— Shunga ko‘ngansiz-da, shundaymi? – so‘rayman “fermer”dan.
— Shunday, boshqa iloj qancha – javob beradi u.
Qonunlarda bitilgan “fermer” tushunchasining asl ma’nosi boshqacha-ku! Bunaqa buzilgan almoyi-aljoyi “fermerchilik” bilan soha qayerga boradi, rivojlanishning barcha tamoyillariga zid-ku bu!
“Yaroqsiz yerni yer qilish uchun 600 million so‘mdan oshiq pulim ketdi. Endi mana daromadimning yagona manbasi – sholi ham nobud qilindi”, – deydi fermer. “Dardimni sizlarga aytdim, tezroq chiqaringizlar, iltimos, biz esa yerni tashlab uyimizga ketamiz, chunki... bosimlar boshlanadi”.
Sohadagi bedodlikning homiysi kim?
Shokir Sharipov
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Moskvaga kelayotgan Serbiya prezidenti dronlar tufayli Bokuga qo‘nishga majbur bo‘ldi
Jahon | 20:35
-
Lukashenko 8 ming mahkumga amnistiya qo‘llash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Jahon | 20:28
-
Britaniyada 400 yil ichida ilk bor yovvoyi qunduz aniqlandi
Jahon | 19:56
-
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi
O‘zbekiston | 19:44
Mavzuga oid

20:24 / 05.05.2025
Sirdaryoda ikki yilda 20 ming gektar yerni qayta foydalanishga kiritish rejalashtirildi

10:03 / 01.05.2025
Qorako‘l hokimi 600 mln so‘m pulni to‘lamaslik uchun fermerga bosim qilyapti – Fermerlar kengashi vakili

20:59 / 29.04.2025
O‘zbekistonda go‘sht yetishtirish oshgani qayd etildi

13:29 / 22.04.2025