Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga 100 ming bosh mayda shoxli mollar olib kelinadi
"Mo‘g‘ulistonga oliy darajadagi tashrif davomida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida 2025–2026 yillarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning asosiy ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:
a) Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga 100 ming bosh mayda shoxli mollarni olib kelish va ularni mahalliy sharoitda naslchilik-seleksiya ishlari yordamida ko‘paytirish orqali ularning sonini 2029 yil yakuniga qadar 1 mln boshga yetkazish;
b) bosqichma-bosqich jun va kashemirni qayta ishlash hamda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;
v) meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlarining Mo‘g‘ulistonga eksport hajmini har yili oshirib borib, 10 barobarga ko‘paytirish choralarini ko‘rish;
g) O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida tajriba almashish va mutaxassislar malakasini oshirishni yo‘lga qo‘yish.
2025 yil 1 avgustdan 2027 yil 31 dekabrga qadar Mo‘g‘ulistondan mayda shoxli mollarni O‘zbekistonga import qilishda tadbirkorlik sub’yektlariga:
a) havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizi davlat budjeti hisobidan kompensatsiya qilinadi. Bunda ushbu kichik bandda nazarda tutilgan xarajatlar uchun talab etiladigan mablag‘lar davlat budjeti parametrlarida Qishloq xo‘jaligi vazirligiga chorvachilik xo‘jaliklari tomonidan xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo‘y va echki, ona baliq va jo‘jalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida moliyalashtiriladi;
b) qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatini foizlar hisoblanmagan holda to‘lov ta’minotisiz kechiktirib to‘lash imkoniyati beriladi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
O‘zbekiston AQShdan paxta import qilmoqchi
Iqtisodiyot | 17:11 / 04.08.2025
Putin 1994 yildayoq Ukraina sharqi va Qozog‘iston shimoli «doim Rossiya davlatining bir qismi bo‘lgani»ni aytgan
Jahon | 14:23 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qimmatli qog‘ozlar bozorida qonunbuzilishlar uchun sanksiyalar qo‘llanadi
Iqtisodiyot | 08:00
-
AQSh Rossiya rejalariga javoban Oyda AESni ishga tushirishni tezlashtirishi mumkin
Jahon | 07:58
-
Raqamli kriminalistika sohasidagi mutaxassislar yagona reyestri tuziladi
O‘zbekiston | 07:56
-
Rossiya sudi "Rayffayzenbank" aktivlarini muzlatish qarorini bekor qildi
Jahon | 07:51
Mavzuga oid

15:55 / 06.08.2025
Misr O‘zbekistonda qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish imkonini o‘rganmoqda

21:29 / 05.08.2025
Issiqxonalar defoltga uchrab, banklar balansiga o‘tib ketyapti. Senator vazirdan izoh so‘radi

17:11 / 04.08.2025
O‘zbekiston AQShdan paxta import qilmoqchi

18:58 / 31.07.2025