Toshkentda xonadonida 38 kg giyohvandlik vositasini saqlab kelgan shaxs ushlandi

Jamiyat 08:15 / 01.10.2024 5222

Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti tomonidan yashash xonadonida ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositasini saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi. 

IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 27 sentabr kuni Toshkent shahar Uchtepa tumani Oqmachit mahallasida yashovchi shaxsning xonadoni ko‘zdan kechirildi. 

1962 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs yashash xonadonining omborxonasida quritib qo‘yilgan 2 tup 10 kg “Kannabis” giyohvandlik o‘simligi, 13 ta bankada 13 kg, 3 ta korobkada 12 kg 200 gr, 2 qopda 2 kg, qora selofan paketda 700 gr, hamda bir nechta qog‘oz bo‘lagida 200 gr, jami 38 kg 100 gr “marixuana” giyohvandlik vositasi saqlab kelinayotganligi aniqlandi.

Olingan giyohvandlik vositalari tegishli tartibda rasmiylashtirilib, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 273-moddasi bilan (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: