Moskvada migrantlarga soxta hujjat tayyorlagan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Jahon 20:26 / 01.10.2024 1886

Moskvada qurilish sohasidagi soxta kompaniyalar orqali mingdan ortiq migrantni qonuniylashtirgan uyushgan guruh faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, sxema ishtirokchilari qurilish bilan shug‘ullanuvchi soxta tijorat tashkilotlarini tashkil etgan. Shundan so‘ng, guruh a’zolari migrantlar bilan Rossiyada qolish muddatini uzaytirish imkonini beruvchi soxta mehnat shartnomalarini imzolagan.

Sxema ishtirokchilari messenjerlar orqali mijozlarni izlagan. Shuningdek, ba’zi migrantlar do‘stlarining tavsiyasi bilan ularga murojaat qilgan. O‘z xizmatlari uchun ular 5 mingdan 10 ming rublgacha olgan.

«Yashirin biznesdan olingan daromad dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 5 million rubldan oshadi, qonuniylashtirilgan xorijliklar soni esa ming kishidan ko‘p», deyiladi hisobotda.

Ko‘proq yangiliklar: