Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Issiqxona xo‘jaliklari elektr va gaz uzilishlari haqida oldindan xabardor etiladi
Yaqin uch oy ichida issiqxonalarga gaz uchun joriy 100 foiz emas, 50 foizlik oldindan to‘lovni amalga oshirishga ruxsat beriladi. Ularga elektr va gaz uzilishlari haqida oldindan xabar beriladi.

Foto: Kun.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini rag‘batlantirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
2024−2025 yillar kuz-qish mavsumidan boshlab issiqxona xo‘jaliklariga hosil yilining dastlabki 3 oyida (oktyabr, noyabr va dekabr) yetkazib beriladigan tabiiy gaz uchun oldindan to‘lov 50 foiz miqdorida, qolgan qismi oy yakuniga qadar, keyingi oylardan boshlab esa har oyda 100 foiz oldindan to‘lov amalga oshiriladi.
Mazkur qoida tegishli oyda oldingi davr uchun qarzdorligi bo‘lmagan issiqxona xo‘jaliklariga tatbiq qilinadi.
Bundan tashqari, bosim tushishi yoki uzilishlar bo‘yicha issiqxona xo‘jaliklari va muzlatkichli omborxonalarni kamida 24 soat oldin «Hududgazta’minot» AJ hamda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan majburiy xabardor qilish amaliyoti joriy qilinadi. Shartnomalardagi fors-major holatlari bundan mustasno.
Issiqxona xo‘jaliklari va gaz korxonasi o‘rtasida tabiiy gaz yetkazib berish shartnomalari har 3 yilda bir marotaba tuziladi. Tabiiy gaz yetkazib berish shartnomalarining texnik shartlariga gaz uzatuvchi va gaz yetkazib beruvchi tashkilotlar uchun aholi va ijtimoiy soha obektlariga yo‘naltirilgan umumiy foydalanishdagi gaz tarmoqlariga ulanmagan issiqxonalarga yetkazib beriladigan tabiiy gazning bosimiga oid talablar kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» 2025 yil 1 aprelga qadar issiqxona xo‘jaliklarida ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olib, mavjud resurslarni va ishga solinmagan salohiyatni jalb etish orqali energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish ishlarini tashkil etadi. Energiya samaradorligi bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan korxonalarni rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqadi.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda 2026 yildan AI-80dan to‘liq voz kechiladi: bozorda defitsit yuzaga kelmaydimi?
O‘zbekiston | 12:22
-
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
-
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
-
Uyda o‘tirib ham pul topish mumkin: imkoniyatlar ko‘p, faqat xohish kerak
Jamiyat | 11:09
Mavzuga oid

16:43 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim

15:51 / 05.07.2025
Toshkentda elektr uzilishlari ko‘paydi. HET buni “qishga tayyorgarlik” bilan izohladi

12:47 / 04.07.2025
Iyunda 135 mlrd so‘mlik energiyadan noqonuniy foydalanildi

16:10 / 01.07.2025